TIGblogs TIG | TIGblogs GROUP TIGBLOGS LOGIN SIGNUP
Mirzohidbek's Blog
Mirzohidbek's Blog


ABOUT MY MOTHERLAND - UZBEKISTAN
Related to country: Uzbekistan



ABOUT UZBEKISTAN
The Republic of Uzbekistan declared September 1, 1991 the Day of Independence. The new country appeared on world map and its priorities were to establish a free democratic society and to develop a market economy. The Republic has been recognized by more than 165 countries and diplomatic relations have been established with more than 120. The embassies of more than 40 countries and many authorized international non-governmental agencies have set up their offices in Tashkent. The embassies of Uzbekistan operate in 25 countries of the world and its consulates 10 countries. The country joined the UN in 2nd March 1992.

Since the first days of independence the government of the country has found the way to meet the interests of the Uzbek nation and provide social, political and economic stability.

At present trade-economic links have been established with more than 140 countries. More than 3800 joint ventures operate in the Republic and the total volume of exported goods has increased 1,5 times.

Support to on-going reforms in the economic and social spheres is provided by the international financial structures.

Uzbekistan is developing its co-operation with well-known international organizations such as the EU, OSCE, NATO and is strengthening mutually beneficial bilateral relations with many countries of Europe, America, Asia, Africa, and the countries of the CIS.


May 4, 2007 | 5:08 AM Comments  0 comments

Tags:


Navro'z - nafosat bayrami.
Related to country: Uzbekistan




Har tuning qadr o`lubon,
Har kuning o`lsin Navro`z !

Tarixiy manbalarga ko`ra, Navro`zni bayram qilish ahmoniylar davridan boshlangan. Lekin uning o`lkamiz hududida nishonlana boshlaganiga uch ming yildan oshdi. Navro`z bayrami haqidagi yozma ma`lumotlar Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma", Abu Bakr al-Narshaxiyning "Buxoro tarixi", Mahmud Koshg`ariyning "Devonu lug`otit-turk", Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", Umar Xayyomning "Navro`znoma" asarlarida uchraydi. Asrlar bo`yi bu bayram xalqning turmush tarziga singib, sayqal topib, takrorlanmas milliy qadriyatga aylandi. U elimiz orzu a`mollari, niyat va maqsadlarini uzida aks ettirgan go`zallik va nafosat ayyomidir. Donishmand ajdodlarimiz bayramga bir necha kun avval tayyorgarlik boshlashgan va salkam bir oy davom etgan. Bug`doy undirishga qo`yilgan va uning maysasidan sumalak tayyorlangan. Onalarimiz ko`kat chuchvara, yalpiz somsa kabi mazali taomlar pishirgan. Er yigitlar o`z kuch va jasoratini ko`rsatib, otchopar, uloq, kurash singari xalq o`yinlarini o`tkazishgan. Bahor haqida sho`x-shodon qo`shiqlar kuylangan. Navro`zning birinchi kuni qishloq joylarida bolalar to`p-to`p bo`lib xonadonlar eshigi oldida bayramni tarannum etuvchi ashulalar aytishgan. Xonadon egalari esa ularni turli sovg`a-salom va eguliklar bilan siylagan. Bolalar eguliklarning bir kismini qishloqdagi beva- bechoralarga, yetim-yesirlarga ulashganlar. Bu udum hozir ham Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim qishloqlarida saqlanib qolgan. Har yili Navro`z tantanalari arafasida o`tkaziladigan umumxalq hasharlarida o`zbekning ulkan bunyodkorlik va yaratuvchilik salohiyati namoyon bo`lyapti. Bayram ko`rki jamoli, uning tarovatida shu Vatanda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning eng yaxshi an`analari, do`stligi va birodarligi, hamjihatligi o`z aksini topishi bejiz emas. Zero, osmoni musaffo, zamini hosildor, suvi shirin, insonlari bag`ri keng shunday go`zal yurtga bayramlar yarashadi...

Mirzohidbek Parpiyev

March 26, 2007 | 2:23 AM Comments  0 comments

Tags:


Maftunkor tabiat ajoyibotlari.
Translations available in: English (original) | English

*O’zbekisto respublikasida jami 14 ta qo’riqxonalar mavjud.
*Qizilqum qo’riqxonasida 120 ta o’simlik turi bor;
*Boday-to’qay qo’riqxonasi – Maydoni:6950 gektar.1971-yilda tuzilgan;O’simliklari dunyosi 167 ta.Baliqlar turi 29 ta;Suvda ham quruqlikda yashovchilar 2 ta;Qushlar turi 90 ta;Sudralib yuruvchilar turi 2 ta;Ajoyib kiyiklari turi 260 ta.
*O’zbekiston tabiatining 5.3% o’rmon qoplagan.
*Afsuski,To’qay o’rmonlari 40 yilda 10 marta kichraygan;
Zarafshon qo’riqxonasi – Maydoni:2352 gektar.1975-yilda tuzilgan. O’simliklar dunyosi 650 ta.
Dorivor o’tlari 59 tur.Manzarali o’simliklari 32 tur.Texnikaviy o’simlikklar turi 23 ta.Iste’mol qilinadigan o’simliklar turi 10ta.Misol uchun: Olxo’ri,jiyda ,barbaris.
*Ushbu qo’riqxonalardan tashqari O’zbekistonda Payg’ambarorol qo’riqxonasi,Zomin tog’-o’rmon qo’riqxonasi kabi yirik-yirik qo’riqxonalar ham mavjud.
*Eng so’ngi xabar:
BMT ma’lmotiga ko’ra flora va fauna tabiiy tempiga ko’ra 50-100 marta tez yo’qolib bormoqda.
INTERNETDA:
www.wwf.ru
www.panda.nature.uz



February 25, 2007 | 11:40 PM Comments  0 comments

Tags:


Zahiriddin Bobur siymosiga bir nazar...

Biz Bobur Mirzoni ulkan
davlat arbobi sifatidagina emas,
qomusiy alloma, mumtoz shoir
sifatida ham cheksiz qadrlaymiz.
Bobur o'zbek xalqining buyuk
farzandi, milliy g'ururidir.
Islom Karimov
Zahariddin Muhammad Bobur siymosiga bir nazar

Tarixdan ma'lumki, O'rta O'siyo dunyoga ko'plab mutafakkir olimlarni, shoirlarni va jahongashta sarkardalarni yetkazib berdi.
Madaniyatning, ilm- fan, me'morchilik va san'atning rivojlangan, taraqqiy etgan davri hisoblangan XV asr, Movorounnahr tarixida o'ziga xos yorqin va ahamiyatli iz qoldirdi.
Mumtoz inson, tariximizning eng murakkab, eng jozibador, eng dramatik siymolaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo ayni mana shu davrda yashab, ijod etdi. U qisqa umr ko'rdi – bor – yo'g'i qirq yetti yil hayot kechirdi. Lekin shu suronli umri mobaynida u jahon tarixidan shavkatli o'rin olib ulgurdi.
G'ali murg'ak gudak ekan, ota bobolari uni suyub – erkalab, yaxshi niyatlar Bilan zalvorli nom berib atadilar. Ismi – jismining bir – biriga monand kelishi kam uchraydigan hodisadir. Biroq bu azamat shaxs – Bobur mirzo timsolida ayni shu hol o'zining yorqin ifodasini topgan edi. Aytish joizki, ezgu duolar va ularning ijobati bois bu suvrati siyratiga vobasta inson, muazzam va qudratli saltanatning munosib vorisi o'laroq voyaga yetdi va so'ngi nafasiga qadar beqiyos shiddat, azim bir shijoat uni tark etmadi.
U tengsiz fazilatlar bobida kamligi yo'q bo'lib kamol topdi. Aytish joizki, bu benazir siymo – Bobur Mirzo timsolida olmos iste'dodini sinab ko'rmagan insoniy faoliyat sohasi juda kam topiladi.
Aslida, uning umr yo'li boshdan – oyoq taqdir imtihonlaridan iborat edi, desak yanglishmaymiz.
U un ikki yoshida otadan yetim qodi.
G'ali ayriliq alamlari, ko'z yoshlari tinmay turib, qismat uning boshiga toju taxt, saltanat minnatini soldi. Shu tariqa taqdir kutilmaganda, uni bolalikning zavqli, suronli damlaridan benasib etdi. Shu yoshdan umri mudom ot ustida, jangu jadallarda, siyosat girdoblarida o'tdi.
Garchand ma'rifatga tashka qalb ilmu ziyo sari taopinib tursa – da, taqdir unga na Buxorai sharif madrasalarida va na Bog'dod baytulhikmalarida tahsil ko'rmoqlikni nasib etdi. Ammo daho zakovati va ilohiy payg'omi bilan u olamning tengsiz adabiy va ilmiy mo'jizalarini yaratishga musharraf bo'ldi.
Zotan, muallimi ustodi ham, murabbiyi – tarbiyatkunandasi ham ayni hayot, uning otasiz, shavqatsiz tarzi edi .....
Qismat uni, bir tomondan, o'n to'qqiz yoshida tug'ilagn diyorini tark etishga, ikkinchi tomondan, yigirma besh yoshida afg'oniston, Pokiston, G'indiston, Bangladesh kabi qator mamlakatlarning aksar qismini zabt etishga, shu bilan buyuk boburiylar saltanatiga asos solishag musharraf qildi. Demak, bir vaqtning o'zida, Vatandan ham, saltanatdan ham judolik yuz berdi ....
Uning mamlakatdorlik siyosati, harb ilmi asrlar davomida jahon hukmdorlari uchun ibrat maktabi bo'lib xizmat qildi.
Shu sababli uning bu boradagi noyob tajribalari Yuliy Sezar, Bonapart Napaleon, Atilla, Amir Temur singari mumtoz davlat arboblarining nomlari bilan bir qatorga qo'yib o'rganiladi.
Adovat va fitnalar, isyon va suiqasdlar tufayli, u umr bo'yi qilichning damida turgandek, beorom, behalovat kun kechirdi. Necha bor muqarrar o'lim changalida qolib, har safar mehribon va marhamatli ollohning qudrati ila yana hayotga faytdi. Tiriklik chog'ida charxning jabru jafosini hadsiz darajada tortgan bu zoti buzrug vafotidan keyin ham o'zoq yillar taqdirning mashaqqatli sinovlariga duch kelaverdi....

February 14, 2007 | 4:45 AM Comments  0 comments

Tags:


Bu rasm ham men o'tgan treningdan lavha!

Bu rasmda men bolalarga kompyuter va uning qurilmalari,Microsoft Office programmalarida foydalanish xususida trening o'tmoqdaman.

November 16, 2006 | 5:59 AM Comments  2 comments

Tags:


Yana o'sha treninglardagi rasmlar!


November 16, 2006 | 5:43 AM Comments  1 comments

Tags:


Hammaga salom ! ! !

Barchaga salom.Avvalambor mening blogimga qimmatli vaqtingizni ayamay tashrif buyurganingiz uchun katta rahmat ! Men maktabimizdagi quyi sinf o'quvchilariga klub ochib,xalqaro tashkilotlar haqida leksiyalar o'tmoqdaman.Quyida shu leksiyalardan lavhalar keltirdim:

November 16, 2006 | 5:34 AM Comments  1 comments

Tags:


Biologiyadan yangi testlar!

Test savollari .

1. Ensiklopedist olim berilgan qatorni aniqlang .
A. Abu Mansur Buxoriy .
B. Abu Bakr ibn Ahavay Buxoriy .
S. Abu Rayhon Beruniy .
D. Abu Saxl Masix Jurjoniy .
2. Hujayrani o`rganuvchi fan qanday nomlanadi .
A. sitologiya .
B. gistalogiya .
S. immunologiya .
D. virusologiya .
3. Qon necha qismdan iborat .
A. 2 qismdan
B. 3 qismdan
S. 4 qismdan
D. 5 qismdan
4. “ Refleks “ nima ?
A. odam tanasining sezgi organlari .
B. o`tkazuvchanlik funksiyasi .
S. og`riqni , qo`l va oyoqlarning harakatini sezish .
D. tashqi va ichki muhit ta’siriga organizmning javob reaksiyasi .
5. Ko`z soqqasining tashqi pardasi qanday nomlanadi ?
A. shox parda
B. fibroz pardasi
S. oq parda (sklera)
D. rangli parda
6. Harorat sezuvchi retseptorning moslashuvi boshqa nom bilan qanday ataladi ?
A. shartli refleks
B. adaptatsiya
S. analizator
D. daltonizm
7. Suvni tozalovchi organizmlarning boshqacha nomlanishi .
A. parazit
B. prokariotlar
S. biofiltr
D. airofiltr
8. Zamburug` tanasidagi mitseli nimalardan iborat ?
A. viruslardan
B. hujayradan
S. sitalardan
D. gifalardan
9. Birinchi bo`lib kim va nechanchi yilda viruslarni kashf qilgan ?
A. 1665- yilda Robert Guk
B. 1892- yilda D.I. Ivanovskiy
S. 1831- yilda B. Braun
D. 1839- yilda Ya. Purkine

10. O'pkaning shakli qanaday ?
A. prizmasimon
B. piramidasimon
S. konussimon
D. to'g'ri javob yo'q
11. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o'tishi qanday ataladi ?
A. dissimilyatsiya
B. assimilyatsiya
S. anabolizm
D. B va S javoblar to'g'ri
12. Sut tishlar nechta bo'ladi ?
A. 10 ta
B. 20 ta
S. 30 ta
D. 4 ta
13. Butli o`rgimchakning ko`zlari nechta ?
A. ko`zi mavjud emas
B. 2 juft
S. 4 juft
D. TJY
14. Asalari oilasida qancha ari bo`ladi ?
A. 100-500 gacha , ba’zan 1000 gacha .
B. 1000-5000 gacha , ba’zan 10000 gacha .
S. 10000-50000 gacha , ba’zan 100000 gacha .
D. TJY
15. Tufelkada nechta yadro mavjud ?
A. 1 ta
B. 2 ta
S. juda ko`p
D. mavjud emas
16. Sariq chayon qanday ko`payadi ?
A. 20-30 tagacha tirik bola tug`adi .
B. 100-120 tagacha bola tug`adi .
S. 20-30 tagacha tuxum qo`yadi .
D. TJY
17. Trombotsitlar yana qanday nomlanadi ?
A. oq qon tanachalari .
B. qon plastinkalari .
S. qizil qon tanachalari .
D. TJY
18. Biologiyada barcha tirik organizmlar qanday ataladi ?
A. zamburug`
B. bakteriya
S. virus
D. individ

19. Saprafit bu - …
A. o`ziga-o`zi ozuqa hosil qilish .
B. tayyor ozuqa hisobiga oziqlanish .
S. parazitlik qilib oziqlanish .
D. chirindilar bilan oziqlanish .
20. Molekulalar yig`indisi nimani tashkil qiladi ?
A. to`qimani
B. organni
S. hujayrani
D. TJY
21. Viruslar nimani ichida yashab , parazitlik qiladi ?
A. hujayra
B. to`qimani
S. organni
D. TJY
22. Viruslar hujayradan tashqarida rivojlana oladimi ?
A. ha
B. yo`q
S. ba’zida
D. kamdan-kam
23. Tirik organizmlar necha yil ilgari paydo bo`lgan ?
A. 2 mlr
B. 2.5 mlr
S. 3 mlr
D. 3.5 mlr
24. “ Hujayralar bo`linish yo`li bilan ko`payadi “ degan nazariyani kim yaratgan ?
A. 1665-yilda Robert Guk
B. 1838-1839 – yillarda Shvan va Shleyden
S. 1831-yilda B.Braun
D. 1839-yilda Ya.Purkine
25. Elektron mikraskopda narsani necha martagacha ko`paytirish mumkin ?
A. 100 000 gacha
B. 200 000 gacha
S. 250 000 gacha
D. TJY
26. Lishayniklar tashqi ko`rinishiga ko`ra nechta guruhga bo`linadi ?
A. 7 guruhga
B. 5 guruhga
S. 3 guruhga
D. TJY

Testni yechib,quyidagi manzilga jo'natishingiz mumkin: m_piligrim@mail.ru





November 15, 2006 | 5:06 AM Comments  0 comments

Tags:


Dunyodagi eng katta gul qaysi ekanligini bilasizmi?

1818-yili Sumatra oroliga tekshirish uchun borgan doktor Tomas Stafford Raffls va professor Arnoldlar dunyodagi eng katta gulga duch keldilar.Tekshiruvlar natijasiga ko'ra,bu gigant gulning poyasi va bargi yo'q.Uning diametri 1 metr.Gultojbarglari qalinligi esa 5 sm.Uning qo'lansa hidi qiziquvchilarda katta qiziqish uyg'otgan.Bu gul Sumatra va Yava orollarida o'sadi.

October 21, 2006 | 4:18 AM Comments  3 comments

Tags:


Botanikaga qiziquvchilar uchun test !
Related to country: Uzbekistan


TEST.

1.Fikus o’simligi bargining yuzasi nima bilan qoplangan?
A. Qalin tuklar bilan
B.Mum qavat bilan
C.Mayda tikanlar bilan
D.Siyoh rang suyuqlik bilan
E. A,B

2.Zaxarli xona o’simligi berilgan qatorni toping.
A.Oleandr
B.Kaktus
C.Aloe’
D.Ampel
E.Siklamen

3.Qaysi o’simlik kun ayni isigan paytda o’zining tukchalari orqali o’yuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan shira ajratib,uni ushlagan qo’lni qaynoq suv kuydirgandek qabartiradi yoki qora dog’ hosil qiladi?
A.Kuydirgich
B.Izen
C.Turang’il
D.Oleandr
E.Tog’turbit

4. Eng uzun poya shubhasiz,Yevkaliptniki(150 metr),lekin bir necha mm keluvchi eng qisqa poya qaysi o’simlikka tegishli?
A.Lemna
B.Kendir
C.Volfiya
D.Sag’an
E.Tuyaqorin

5.Hayotida bir marta gullaydigan palmaning nomi…
A.Entada
B.Tallipot
C. Seyshel
D.Rotang
E.To’g’ri javob yo’q

Bu testni yechib bo’lganingizdan so’ng, m_piligrim@mail.ru manziliga jo’nating.








October 19, 2006 | 6:12 AM Comments  0 comments

Tags:


VATANNI GUL ETAMIZ.

Yuzi qizargan quyosh,
Yostig’iga qo’yar bosh,
Orom olsin tongacha.
Yashasin deb ona yer,
Quyosh to’kkan oltn ter,
Oppoq tongdan shomgacha.

So’ng oymoma mo’ralab,
Kumush sochini tarab,
Yo’qmi,deydi xavf-xatar.
Oymomamiz kechasi,
Osmonimiz bekasi,
Doim bizdan boxabar.

Kunduz quyosh,tunda oy,
Hayotimiz nurga boy.
Nur qadriga yetamiz,
Quyosh bo’lib, oy bo’lib,
Ona yerdan o’rgilib,
Vatanni gul etamiz


October 14, 2006 | 3:19 AM Comments  3 comments

Tags:


BULOQBOSHIDAGI MUSOBAQA

Buloqboshi doim-bayram,
Shod kechar hayot.
O’ynab-kulgan bolalarga,
Zerikmoqlik yod.

O’tar sport o’yinlari,
O’ta maroqli.
Ko’rsatadi,
Kim nimaga
Qodir-yaroqli

Bir kun qiziq musobaqa-
Zo’r poyga bo’ldi.
Bosmoq lozim
Bunda uzoq
Masofa yo’lni.

Erkin edi yugurmoqlik,
Shuning uchunmi
Har kim chopar xohlagancha
Sinar kuchini.

Yashil maydon
Saflanishgan
Bir talay bola
Turli millat bolalari-
Oq,sariq,qora.

Mirzohid ham
Kim o’zarga-
Bellashmoqqa shay.
Safda hushyor-signal kutar
Uchqur toychoqday.

Mana,
Start berilgan dam,
To’lqin singari,
Birdan qalqib,harakatga
Tushishdi bari.

Tomoshabin tengdoshlari
Tilashib oq yo’l.
Hayajonda ular sari,
Silkidilar qo’l.

Oldiniga poygachilar
O’zlarin tiyib,
Bir maromda yugurdilar,
Oldinma keyin

Yozning issiq,jazirama
Kunlari edi
Terga botib hansirardi
Ko’plari endi.

Musobaqa davom etar
Keskin beomon.
Kimlar yo’lda qolib ketar
Kim chopar hamon.

Kim chiniqqan-chaqqon ekan
Peshqadam o’sha
Safdan ortda qolib ketar
Kimki-xom bo’shang.

Peshqadam bu- Mirzohid
Bug’doyrang,qotma.
Olg’a qarab intilmoqda
O’zin yo’qotmay.

Oftobda xo’b, pishib o’sgan
Paylari chayir,
Uyidagi ish oldida
Yugurish-sayr!

Maktabidan
Qaytgani zamon,
Ketmon olib oshiqardi
Paxtazor tomon.

Bu ipak qurti,
Yana qancha ish.
Hovlida bog’,
Tomorqani
Qilar parvarish.

Mirzohidning shunday qiziq
Kechar hayoti
Zorlanmaydi ba’zilarday
Soyaga yotib.

Maktabida jamoatchi
A’lochidir u:
UNESCOga borishining-
Boisidir shu !

Kino ko’rar,o’qir kitob,
Zehnini charxlab.
Vaqt topadi sportga ham
Ishlarin taxtlab.

Hozir esa yugurardi
Ko’rsatib sabot.
Qushdek uchar
Go’yoki u
Chiqargan qanot!

Xarsangtoshlar nordek cho’kkan
Uning oldida
Quloch ochib chiniqqanda
Borar oldinda.

Oftobimiz ziyosiga
Qonib yetilgan
Boldan shirin noz-ne’matlar
Baquvvat qilgan

Shunday qilib bu bellashuvda
1-bo`lib
Qiyin bo`lgan tortishuvda
Mirzohid g`olib !

Buloqboshi - do`stlik bog`i
Bag`ri keng xo`bdir
Mirzohidni o`zga yurtlarda
Do`stlari ko`pdir .

Chunki qalbi - ezgu mehrga
Hislatga to`lar
Mehribon yurt farzandlari
Shunaqa bo’lar!


October 14, 2006 | 3:19 AM Comments  1 comments

Tags:


HOLVACHI BOLA.

Ko’lda qayiq, ko’kda oy suzar,
Katta yo’l-atrofi gavjum.
Rangi siniq, ozg’in bir go’dak,
Holva sotar yo’l chetida jim.

Boshqalardek javrayvermaydi,
Va ortiqcha maqtamaydi ham.
Holvasiga loyiq pul olib,
Turar edi boshin qilib xam.

Goho holva olgan odamga
Havas bilan tikadi ko’zin.
Holva sotar, ammo yemaydi,
Tupuk yutib qolardi o’zi

October 14, 2006 | 3:19 AM Comments  0 comments

Tags:


BULOQBOSHIM .

Buloqboshi-sirli maskan,
Mehrli maskan.
Tark etolmas,tuprog’ini,
Bir bora bosgan.

Do’stlik degan ziyo bilan
Butun umrga
Yuraklarni sehrlaydi
To’ldirib nurga!

U-tinch hayot ne’matidir,
Jahonga ko’zgu.
Vatanimning go’zalikka
E’tibori- bu!

Dunyoning har chekkasidan
Kelar odamlar.
Inoqlashib, o’ynab-kulib,
Birga dam olar!

October 14, 2006 | 3:19 AM Comments  3 comments

Tags:




Mirzohid's Profile


Latest Posts
ABOUT MY MOTHERLAND -...
Navro'z - nafosat...
Maftunkor tabiat...
Zahiriddin Bobur...
Bu rasm ham men o'tgan...

Monthly Archive
October 2006
November 2006
February 2007
March 2007
May 2007

Change Language


Filter By Type
News
Travel
Topics


18164 views
Important Disclaimer